Ishonch telefoni
Bosh sahifa » BOSH SAHIFA / Texnikum yangiliklari » Kasbiy ta’lim islohotlarini boshqarish strategiyalariga bag‘ishlangan seminar-trening Xorazm viloyatida o’z ishini boshladi

Kasbiy ta’lim islohotlarini boshqarish strategiyalariga bag‘ishlangan seminar-trening Xorazm viloyatida o’z ishini boshladi

2-03-2026, 11:59
20
♾Kasbiy ta’lim tizimida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlarni samarali boshqarish, zamonaviy strategik yondashuvlarni joriy etish hamda ta’lim sifatini yangi bosqichga ko‘tarish maqsadida seminar-trening o‘z ishini boshladi.
🏛Kasbiy ta’lim agentligi tomonidan o’tkazilayotgan ushbu seminarda agentlikning mas’ul xodimlari, kasbiy ta’lim muassasalari rahbarlari hamda kasbiy ta’lim boshqarmasi vakillari ishtirok etmoqda.
📊Seminar-trening doirasida quyidagi ustuvor yo‘nalishlar bo‘yicha mashg’ulotlar olib borilmoqda:
💎Shaxsiy va kasbiy rivojlanish tamoyillari
💎Kasbiy taʼlim islohotlarini boshqarish strategiyalari
💎Jamoani boshqarishning samarali usullari

💠Seminar-trening kun davomida o’z faoliyatini davom qildiradi.

Samarali boshqaruv va kuchli jamoa — har qanday islohot muvaffaqiyatining asosidir.
Kasbiy ta’lim agentligi  tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston – 2030” strategiyasini amalga oshirish bo‘yicha davlat
dasturi to‘g‘risida” PF–22-son Farmonida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash,kasbiy ta’lim tizimida amalga oshirilishi
belgilangan islohotlarning mazmun-mohiyati to’g’risida o‘tkazilgan mazkur seminar bilim va tajriba almashish bilan birga, yangi g‘oyalar va tashabbuslar maydoniga aylandi.
📈Jamoaviy ishlash shaklida tashkil etilgan mashg‘ulotlar davomida ishtirokchilar o‘zaro tajriba almashdilar, amaliy ko‘nikmalarini mustahkamladilar hamda ilg‘or boshqaruv amaliyotini o‘rganish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.
↗️Mazkur seminar-trening natijalari kasbiy ta’lim tizimida amalga oshirilayotgan islohotlarni samarali joriy etish, ta’lim muassasalari faoliyatini takomillashtirish hamda sohaning barqaror rivojlanishini ta’minlashga xizmat qiladi.
Ctrl
Enter
Xatoligni aqniqladingizmi?
Matnni belgilang va Ctrl+Enter tugmalarini bosing.




ru en uz