Oliy ta’lim muassasalari va ta’lim yo‘nalishlarini tanlash qoldi

Buning uchun my.uzbmb.uz platformasining “Oliy va professional ta’lim muassasalariga qabul” bo‘limiga kirib, “Xizmatdan foydalanish” tugmasi bosiladi va “OTM tanlash” bo‘limiga o‘tiladi.
Dastlab abituriyent “Tanlov ustuvorligi” va “Maqsadli qabul” bo‘yicha o‘z tanlovini amalga oshiradi.
Shundan so‘ng abituriyent test topshirgan fanlar majmuasi va ta’lim tiliga mos bo‘lgan beshtagacha oliy ta’lim muassasasi va ta’lim yo‘nalishini ta’lim shakli bilan birga tanlaydi.
Bunda ta’lim yo‘nalishlarini bir oliy ta’lim muassasasi yoki turli oliy ta’lim muassasalari doirasida tanlash mumkin.
Ta’lim yo‘nalishlarini tanlab, “Saqlash” tugmasi bosilgandan so‘ng ma’lumotlarni tasdiqlash uchun abituriyentning telefon raqamiga SMS xabar yuboriladi. SMS xabardagi kodni dasturga kiritish orqali ma’lumotlar tasdiqlanadi.
Ma’lumotlar tasdiqlanganidan so‘ng, “Abituriyent qayd varaqasi” shakllanadi. Qayd varaqada abituriyent tanlagan tanlov ustuvorligi, ta’lim shakllari, oliy ta’lim muassasalari va ta’lim yo‘nalishlari aks etgan bo‘ladi. Yuklab (https://t.me/OTM_Minbari/52501) olish tugmasi orqali abituriyent qayd varaqasini yuklab olishi mumkin.
❕Abituriyentlar ta’lim yo‘nalishlarini tanlash muddati yakunlangunga qadar o‘z ma’lumotlarini o‘zgartirishlari va qayd varaqasini qayta yuklab olishlari mumkin.
Abituriyentlarning talabalikka tavsiya etilgan yoki etilmagani to‘g‘risidagi yakuniy tanlov natijalari ta’lim yo‘nalishlarini tanlash to‘liq yakunlangandan so‘ng bir hafta muddatda e’lon qilinadi.
✅ Test natijangizni aniqlash uchun quyidagi botlardan biriga abituriyent ruxsatnomasidagi QR kod qismini alohida rasm holatida yuboring:
👉@bmba_natija_bot
👉@bmba_natija_1bot
👉@bmba_natija_2bot
👉@bmba_natija_3bot
👉@bmba_natija_4bot (https://t.me/OTM_BLOK_TESTSbot?profile)
Ctrl
Enter
Xatoligni aqniqladingizmi?
Matnni belgilang va Ctrl+Enter tugmalarini bosing.
Hamda bularni ko'ring
Oliy va professional ta’lim muassasalariga qabul bilan bog‘liq eng muhim ma’lumotlar10-06-2024, 13:05
Professional ta'lim muassasalariga tanlov boshlanadi22-08-2024, 11:06
Bugun bakalavriat uchun testlar to’liq yakunlanadi23-07-2025, 16:05
2025-2026-o‘quv yili uchun QABUL9-06-2025, 09:48
Qabul 20255-06-2025, 12:22