ARM faoliyatining ichki Nizomi

1.Umumiy qoidalar
1.1. Axborot-resurs markazi (ARM) ta’lim muassasasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006 yil 20 iyundagi «Respublika aholisini axborot-kutubxona bilan ta’minlashni tashkil etish to‘g‘risida»gi qarori asosida tashkil etiladi.
1.2. ARM texnikum rahbariyatiga bo‘ysunadi.
1.3. ARM texnikum tomonidan uning tarkibiy bo‘linmasi sifatida mablag‘ bilan ta’minlanadi.
1.4. ARM o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, qonunlariga, ta’lim muassasalari boshqaruv organlari-ning qarorlari, buyruqlari va boshqa normativ-huquqiy hujjatlariga, texnikum ustaviga, rahbariyatning buyruqlari va farmoyishlariga, ichki tartib-qoidalariga hamda ushbu Nizomga amal qiladi.
1.5. ARM o‘z faoliyati bilan aholi barcha qatlamlarining axborot resurslari va kutubxona fondidan erkin foydalanish huquqini ta’minlaydi.
1.6. Axborot-resurslari va kutubxona fondidan foydalanish tartibi, asosiy xizmatlar ro'yxati, foydalanuvchilarning huquqlari va javobgarligi ARMdan foydalanish qoidalarida belgilanadi.
1.7. ARMga umumiy rahbalik qilish O'zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta maxsus ta’lim vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining O'rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi hamda Xalq ta’limi vazirligi tomonidan amalga oshiriladi.
1.8. Barcha idoralarning ARMlari ishlariga umumiy tashkiliy-metodik rahbarlikni, ularning ishlarini muvofiqlashtirishni O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Respublika axborot-kutubxona tizimi faoliyatini muofiqlashtirish bo'yicha idoralararo kengash idoraviy va hududiy metodik markazlar tizimi orqali:
viloyat AKM (axborot-kutubxona markazi) va ARM metodik markazi, kengashining ishchi organi orqali;
o'rta maxsus, kasb-hunar ta’limi tizimi kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti - o'rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari ARMlarining metodik markazi orqali amalga oshiriladi.
2. Asosiy vazifalar
2.1. Axborot texnologiyalaridan foydalangan holda foydalanuvchilarning muntazam ta’lim olishiga va mustaqil ravishda ta’lim olishiga ko‘maklashadi.
2.2. Milliy ma’naviy-ahloqiy qadriyatlarni keng targ‘ib qilish va xalqning madaniy-tarixiy merosidan bahramand bo‘lishni ta’minlab, ma’naviy boy va uyg‘un kamol topgan shaxsning ijodiy o‘sishi uchun imkoniyatlar yaratadi.
2.3. Axborotlarga bo‘lgan talablarga muvofiq va ARM ma’lumotlar qidirish apparati tizimi orqali har qanday fondlardan keng foydalangan holda yangi axborot texnologiyalari (ma’lumotlarning elektron bazalari, Internent resurslari) asosida aholiga zarur darajada axborot xizmati ko‘rsatadi.
2.4. Kutubxona-axborot madaniyatini tarbiyalab, foydalanuvchilarni axborotlar qidirishning zamonaviy metodlariga o'rgatadi.
2.5. Kutubxona-axborot jarayonlarining zamonaviy texnologiyalarini va kompyuterlashtirishni joriy etish asosida ishlarni takomillashtiradi.
2.6. Texnikum sohasiga va foydalanuvchilarning axborotlarga bo‘lgan ehtiyojlariga muvofiq axborot-kutubxona fondini shakllantiradi. Ma’lumotlar qidirish apparatini, ma’lumotlar bazalarini, kataloglar va kartatekalarni tashkil etadi.
2.7. Madaniy, ta’lim, axborot va boshqa dasturlar, loyihalar, aksiyalarni birgalikda amalga oshirish uchun, shuningdek foydalanuvchilarning hujjatlarga va axborotlarga ehtiyojlarini yanada to‘lik qondirish uchun ARMlar, axborot-kutubxona markazlari (AKMlar), kutubxonalar, ta’lim muassasalari, o‘zini o‘zi boshqarish organlari, ijtimoiy ta’minot xizmatlari, milliy madaniy markazlar bilan hamkorlikni, faoliyatni muvofiqlashtiradi va kooperatsiyalashni rivojlantiradi.
2.8. Kutubxona xizmatlari ro‘yxatini kengaytirib, ARMni texnik jixozlash, kutubxona-axborot jarayonlarini kompyuterlashtirish asosida xizmatning sifatini oshirib boradi.
2.9. O‘quv zallarida, abonementlarda hamda yagona kitobxon bileti bo‘yicha kitoblar berishning boshqa punktlarida, yakka tartibda va guruhlar bo‘yicha xizmat ko‘rsatish metodlarini qo‘llagan holda, foydalanuvchilarga tabaqalashtirilgan xizmat ko‘rsatishni tashkil etadi.
2.10. Texnikum o‘quv markazida, shakllantirilgan elektron axborot resurslarini to‘plash, tizimlash, kataloglashtirishni amalga oshiradi. Elektron kataloglashtirish bibiliografik axborotni takdim etish ishlarini olib boriladi.
2.11. Foydalanuvchilarni asosiy kutubxona – axborot xizmatlari bilan bepul ta’minlaydi:
kataloglar, kartatekalar tizimi va kutubxona axborotlari berishning boshqa shakllari orqali kutubxona fondi tarkibi to‘g‘risida to‘liq axborot beradi;
matbaa asarlari va boshqa hujjatlarni qidirish va tanlashda maslahat yordami ko‘rsatadi;
kutubxona fondlaridan hujjatlarni vaqtincha foydalanish uchun beradi;
boshqa ARM, AKM va kutubxonalardan kutubxonalararo abonement bo‘yicha hujjatlar oladi;
texnikum ilmiy va o‘quv ishlariga yordam sifatida bibliografik ko‘rsatkichlar, adabiyotlar ruyxatlari tuzadi; tematik, adresli va boshqa bibliografik ma’lumotlar beradi;
bibliografik obzorlar o‘tkazadi;
kitob ko‘rgazmalari tashkil qiladi;
foydalanuvchilar, rahbariyat, o‘qituvchilar tarkibi, ilmiy xodimlar va o'quvchi talabalarning axborotlarga bo‘lgan ehtiyojini aniqlaydi, o‘rganadi va muntazam ravishda aniqlashtirib boradi.
2.12. Foydalanuvchilarga boshqa xizmatlar ro‘yxati, shu jumladan kitobxonlarga kutubxonalararo abonement bo‘yicha, shu jumladan elektron pochtadan foydalangan holda xizmat ko‘rsatadi.
2.13. Axborotlarni qidirib topish, ularni mustaqil ta’lim olishda, o‘quv jarayonida va ilmiy ishlarda qo‘llash, kutubxonaning ma’lumotnoma-bibiliografik apparatiga, axborot tizimlariga va ma’lumotlar bazalariga tayanish ko‘nikmalarini shakllantiradi.
2.14. Mintaqaning boshqa ARM, AKM kutubxonalari bilan muvofiqlashtirilgan holda aholining kitoblarga bo‘lgan talablari, shuningdek ta’lim kasb hunar dasturlari, o‘quv rejalari hamda ilmiy tadqiqotlar tematikalariga muvofiq fondni komplektlashni ta’minlaydi. O‘quv, ilmiy, davriy, ma’lumotnoma, badiiy adabiyotlar va boshqa turdagi nashrlarni sotib oladi.
2.15. Fondlarni komplektlash manbalarini mustaqil ravishda belgilaydi. ARM, AKM, kutubxonalar hamda respublikadagi boshqa muassasa va tashkilotlar bilan kitoblar ayriboshlashni amalga oshiradi.
2.16. Fondlarni hisobga olish va joylashtirishni amalga oshiradi, ularning sohalanishini, saqlash rejimini, hujjatlar nusxasini olishni va mikrofilmga ko‘chirishni ta’minlaydi.
2.17. Hujjatlarni chiqarib tashlashning texnikum rahbariyati bilan kelishilgan tartibiga, amaldagi normativ va huquqiy hujjatlarga muvofiq hujjatlarni kutubxona fondidan chiqaradi.
2.18. Fondlarni ko‘p sohali bibliografik aks ettirish yordamida an’anaviy va elektron manbalarda kataloglar va kartatekalar tizimini yuritadi.
2.19. Kitobxonlarga avtomatlashtirilgan rejimda tezkorlik bilan turli xizmatlar ko‘rsatish imkonini beradigan respublika yig‘ma kataloglarini, shu jumladan elektron kataloglarni tuzishda qatnashadi.
2.20. Boshqa ARMlar, ta’lim muassasalarining jamoat tashkilotlari, respulika AKMlari bilan ijodiy va axborot alokalarini rivojlantiradi.
2.21. Kutubxonalar, arxivlar, ma’lumotlarning axborot bazalariga ega bo'lgan boshqa korxonalar, muassasalar, tashkilotlar bilan amaldagi qonun hujjatlariga, davlat dastrulariga, shuningdek muassasalar va tashkilotlar o'rtasida tuzilgan shartnomalarga muvofiq o'zaro hamkorlik qiladi.
3. ARMning huquq va majburiyatlari
3.1. ARM quyidagi huquqlarga ega:
Nizomda ko'rsatilgan maqsadlar va vazifalarga muvofiq o'z faoliyatining mundarijasini va aniq shakllarnini mustaqil ravishda belgilash;
ARM tuzilmasini, shtat ro'yxatini va undan foydalanish qoidalarini ishlab chiqish hamda ularni texnikum rahbariyati tomonidan tasdiqlash;
markazga berilgan mablag'larni tasarruf etish;
yagona tarif setkasi asosida, mehnatga xaq to'lash fondi doirasida lavozim maoshlarini, lavozim maoshlariga ustamalar va q'oshimcha to'lovlarni, xodimlarni mukofotlash tartibi va miqdorlanini belgilash;
ARMdan foydalanish qoidalariga muvofiq, foydalanuvchilar tomonidan ARMga yetkazilgan zararni undirish turlari va miqdorlarini belgilash;
yuridik va jismoniy shaxslar bilan shartnomalar asosida ARMning kutubxona fondidan foydalanish shartlarini belgilash;
texnikum ta’lim-kasb-xunar dasturlari, o'quv rejalari, ilmiy-tadqiqot ishlari tematikasi bilan tanishish. Uning tarkibiy bo'linmalaridan ARM oldiga qo'yilgan vazifalarni hal etish uchun zarur bo'lgan materiallar va ma’lumotlarni olish;
turli muassasalarda, tashkilotlarda ta’lim muassasasi nomdan vakillik qilish, kutubxona va axborot-bibliografik faoliyat masalalari bo'yicha ilmiy konferensiyalar, yig'ilishlar va seminarlar ishida bevosita qatnashish;
boshqa ARMlar, kutubxonalar, tashkilotlar bilan belgilangan tartibda yozishmalar olib borish;
amaldagi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda axborot-kutubxona birlashmalariga kirish;
axborot-kutubxona ishini rivojlantirishning davlat va mintaqaviy dasturlarini amalga oshirishda tanlov yoki boshqa asosda qatnashish;
xorijiy davlatlarning ARMlari, kutubxonalari hamda boshqa muasasa va tashkilotlari bilan belgilangan tartibda hamkorlikni amalga oshirish, shu jumladan zaruriyatga ko'ra xalqaro kitoblar ayirboshlashni yuritish, belgilangan tartibda xalqaro tashkilotlarga a’zo bo'lib kirish, xalqaro kutubxonachilik va boshqa dasturlarni amalga oshirishda qatnashish.
3.2. ARM fondlarning saqlanishi uchun javob beradi.
3.3. Texnikum ARM uzining vakolatiga taalluqli funksiyalarning bajarilmagani uchun qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradi.
3.4. Kutubxona – axborot faondlariga zarar yetkazilishida aybdor bo'lgan ARM xodimlari amaldagi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda javob beradi.
3.5. ARM xodimlarining mehnat munosabatlari O'zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq tartibga solinadi.
4. Boshqarish. Tuzilmasi va shtatlari. Moddiy-texnika ta’minoti.
Boshqarish:
4.1. ARMga rahbarlik direktor (mudir) tomonidan amalga oshirladi, u texnikum tomonidan, oliy kasbiy ma’lumotga ega bo'lgan va ixtisosi bo'yicha kamida 5 yil ish stajiga ega bo'lgan mutaxassislardan, mehnat shartnomasi bo'yicha tayinlanadi.
4.2. ARM rahbari o'z vakolati doirasida ishlarning natijalari uchun to'liq javob beradi.
4.3. Kutubxona xodimlari shartnoma (kontrakt) tuzish yo'li bilan ishga qabul qilinadi.
4.4. ARM huzurida maslahatlashuv organi sifatida, ishlarni boshqa ARM, AKM, kutubxonalar, texnikumning ilmiy va o'quv bo'linmalari bilan kelishish uchun kutubxona-axborot kengashi tashkil etiladi. Kengash tarkib ARM rahbari taqdimiga ko'ra ta’lim muassasasi rahbariyati tomonidan tasdiqlanadi.
4.5. ARM o'z faoliyati to'g'risida belgilangan tartibda hujjatlarni yuritadi hamda xisobotlarni, ish rejalarini va boshqa axborotlarni taqdim etadi.
Tuzilmasi va shtatlari:
4.6. ARM tuzilmasi muayyan ta’lim muassasasi uchun va yakka tartibda ishlab chiqiladi va an’anaviy bo'linmalar (abonementlar, o'quv zallari va boshqalar) ni uz ichiga olishi mumkin.
4.7. ARMning boshqaruv va xizmat kursatish xodimlari soni ta’lim muassasalarining ARM namunaviy shtatlari asosida, ARM oldida turgan vazifalarni hisobga olgan hamda xizmat ko'rsatiladigan aholi va ta’lim muassasasi o'quvchilari sonidan kelib chiqib, belgilangan tartibda shakllantiriladi.
Moliya-xo'jalik faoliyati.
4.8. Texnikum rahbariyati komplektlashni kafolatli moliyalashtirishni, ARMni amaldagi normalarga muvofiq zarur xizmat va ishlab chiqarish xonalari, kompyuter, elektron-hisoblash, skaner, printer hamda nusxa ko'chirish-ko'paytirish texnikasi va tashkiliy texnika bilan ta’minlaydi.
4.9. ARM ta’minoti uchun harajatlar ta’lim muassasasining umumiy xarajatlar smetasida nazarda tutiladi.
5. ARMni qayta tashkil etish va tugatish
5.1. ARMni qayta tashkil etish va tugatish (qo'shish, ajratish, ayirish, birlashtirish, qayta o'zgartirish) O'zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta maxsus ta’lim vazirligi, Oliy va o'rta maxsus ta’lim vazirligining O'rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi hamda Xalq ta’limi vazirligi qaroriga ko'ra, amaldagi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda amalga oshiriladi.
5.2. ARMni qayta tashkil etishda barcha hujjatlar (boshqaruv, moliya – xo'jalik hujjatlari, shaxsiy tarkib bo'yicha hujjatlar va boshqalar), mol-mulk va fondlar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda beriladi.
Axborot – resurs markazidan foydalanish qoidalari
1. Umumiy qoidalar
1.1. Axborot-resurs markazi (ARM) faoliyati demokratiya, insonparvarlik, umumiy foydalanishga qulaylik, umuminsoniy qadriyatlarning ustivorligi, fuqarolilik, shaxsning erkin kamol topishi printsiplariga asoslanadi.
1.2. ARMdan foydalanish bepul, ARM tomonidan ko'rsatiladigan pullik xizmatlarning ayrim turlari ro'yxati, ular uchun to'lanadigan xaq miqdori qonun hujjatlarida belgilanadi.
2. ARMning asosiy vazifalari
2.1. Universal axborot resurslarini, milliy va chet el nashrlari (bosma, audiovizual, elektron nashrlar va boshqalar) fondini shakllantirish, saqlash va berish.
2.2. Foydalanuvchilarga ARMda hamda mintaqaning AKMdagi hujjatlar va boshqa materiallarni olish imkoniyatini yaratish.
3. Foydalanuvchilarning huquq va majburiyatlari
3.1. ARMdan foydalanish huquqi mazkur ARM xizmat ko'rsatadigan hududda yashaydigan, fuqaroligi, yoshi, ijtimoiy va boshqa jihxatdan mansubligidan qat’iy nazar, barcha aholiga, shuningdek, korxonalar, muassasalar va tashkilotlarga beriladi. Ushbu huquq axborot resurslari bilan komplektlashning, axborotlarni, shu jumladan kutubxonalararo abonement tizimi orqali berish, shuningdek kutubxona-axborot xizmati ko'rsatishning boshqa shakllari bilan ta’minlanadi.
3.2. Foydalanuvchilar quyidagi huquqlarga ega:
ARM fondidan istalgan hujjatlarni vaqtincha foydalanish uchun olish, shuningdek mintaqaning AKMdan va boshqa kutubxonalardan hujjatlarning bosma yoki elektron nusxalarini hujjatlarni elektron vositasida yetkazib berish tizimi orqali buyurma qilish va olish;
bibliografik, ma’lumotnoma-axborot xizmatidan hamda ARM tomonidan ko'rsatiladigan xizmatlarning boshqa turlaridan foydalanish;
ARM tomonidan o'tkaziladigan axborot-ommaviy tadbirlarda qatnashish;
ARMning jamoat kengashiga saylash va saylanish.
3.3. Foydalanuvchilar ARMga yozilish uchun tug'ilganlik guvohnomani, pasportini yoki uning o'rnini bosadigan hujjatni, zarur miqdordagi fotosuratlarini taqdim etadilar hamda kitobxon biletini va ro'yxatdan o'tkazish varaqasini rasmiylashtirish uchun ma’lumotlar beradilar. Boshqa shaharlik fuqarolari vaqtinchalik kitobxon biletini pasportini yoki uni o'rnini bosadigan hujjatni ko'rsatgan holda oladilar. Boshqa mamlakat fuqarolari biletni o'z mamlakati pasporti yoki belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan shaxsini tasdiqlovchi hujjat asosida oladilar.
3.4. Foydalanuvchilarga biryo'la foydalanish uchun beriladigan hujjatlar soni ARM tomonidan yakka holda tartibga solinadi. Noyob va qimmatli nashrlar hamda hujjatlar, shuningdek e’lon qilinmagan materiallar foydalanuvchilarga belgilangan tartibda beriladi.
3.5. ARM fondlarida zarur hujjatlar mavjud bo'lmagan taqdirda foydalanuvchilar ularning nusxalarini mintaqaning AKMdan olishi mumkin.
3.6. Foydalanuvchilar ARMdan olingan hujjatlarni va boshqa materiallarni ehtiyot qilishi shart. Foydalanuvchi hujjatlar va materiallarni olishda ularni ko'zdan kechirishi va ularda biron-bir nuqson borligi aniqlanganda bu to'grida ARM xodimiga ma’lum qilishi kerak.
3.7. AKM fondiga zarar yetkazgan shaxslar qonun hujjatlariga muvofiq moddiy, jinoiy yoki boshqacha tarzda javob beradilar.
3.8. ARM fondidan olingan hujjatlar va materiallarni yo'qotgan yoki ularga tiklab bo'lmaydigan darajada ziyon yetkazgan foydalanuvchilar ularni tegishli ravishda xuddi shunday yoki ARM xodimlari tomonidan teng qimmatli deb e’tirof etilgan (shu jumladan nusxalari bilan) hujjatlar va materiallar bilan almashtirishi, almashtirish mumkin bo'lmagan taqdirda ularning qiymatini bir necha baravar miqdorda to'lashi shart. Qiymatining necha baravar miqdorda to'lanishi ARM mutaxassislari yoki jalb etilgan mutaxassislar tomonidan, yo'qotilgan yoki yaroksizlantirilgan hujjatning qiymatidan kelib chiqqan holda hamda amaldagi tartibga soluvchi hujjatlarga muvofiq belgilanadi.
3.9. ARMdan foydalanish qoidalarini buzganligi uchun foydalanuvchilar ARMdan foydalanish huquqidan ARM ma’muriyati tomonidan belgilangan muddatga maxrum qilinishi mumkin.
4. ARMning foydalanuvchilarga xizmat ko'rsatish bo'yicha majburiyatlari
4.1. ARM fondlaridagi hujjatlar va materiallarni ularning saqlanishini ta’minlovchi belgilangan qoidalarga muvofiq hisobga olish, saqlash va foydalanishni amalga oshirish, ma’lumotnoma-bibliografik apparatni, shu jumladan elektron katalogni yuritish, tavsiyanoma tusidagi bibliografik qo'llanmalarni ishlab chiqish.
4.2. ARM quyidagilarga majbur:
foydalanuvchilarni ARMdagi va undan tashqaridagi barcha axborot resurslaridan foydalanish imkoniyati bilan ta’minlash;
foydalanuvchilarning istaklarini o'rganish va eng to'lik qondirish;
kutubxona, bibliografik, ma’lumotnoma-axborot xizmati ko'rsatishni takomillashtirish, ushbu maqsadlarda foydalanuvchilar bilan yakka tartibda va guruhlar bo'yicha ish olib borishning turli shakllaridan foydalanish;
foydalanuvchilarga xizmat ko'rsatishda yuksak madaniyat va malakalilikni ta’minlash, zarur hujjatlar va materiallarni qidirib topish va olishda zarur yordam ko'rsatish;
foydalanuvchilarning qizikishlari va axborotlarga bulgan ehtiyojlarini o'rganish asosida turli manbalardagi axborot resurslarini bergan holda tabaqalashtirilgan kutubxona-axborot xizmati ko'rsatishni amalga oshirish;
zarur axborotni qidirib topishga o'qitishda mustaqillikni amalga oshirish uchun shart-sharoitlar yaratish va mustaqil ravishda ta’lim olish ko'nikmalarini rivojlantirishga ko'maklashish;
fondlarda zarur hujjatlar va materiallar mavjud bo'lmagan taqdirda ularni qidirib topish ishlarini amalga oshirish hamda ularni kutubxonalararo abonement, shu jumladan xalqaro abonement tizimi orqali taqdim etish;
ommaviy tadbirlarni yuqori saviyada o'tkazish;
ARMning ijobiy nufuzini yaratishga ko'maklashish, ARM fondlarini va uning tomonidan ko'rsatiladigan xizmatlarni reklama qilish, foydalanuvchilarning ehtiyojlarini o'rganish hamda ularning xoxishlariga muvofiq yangi xizmatlarni tashkil etish.