Tez-tez beriladigan savollar

- yoq, 11-sinf bitiruvchilari hujjat topshirishi mumkin.
Tibbiyot texnikumida o'qish necha yil va ta'lim shakli qanday?
- ta'lim muddati 3 yil;
- ta'lim shakli faqat kunduzgi;
- davlat granti va to'lov-kontrakti asosida.
Tibbiyot texnikumida sirtqi ta'lim mavjudmi?
- mavjud emas.
Katta yoshdagi fuqarolar texnikumda o'qishlari uchun imkoniyat berilganmi?
- kamida 11-sinfni tugatgan umumiy o'rta ma'lumotli fuqarolar texnikumda o'qish huquqiga ega.
Kasb-hunar kollejini bitkazgan mutaxassislar tibbiyot texnikumiga 2-mutaxassislik uchun hujjat topshira oladimi?
- topshira oladi.
Texnikumlarda stipendiya beriladimi?
- texnikumlarda stipendiya berilmay.
Bir vaqtning o'zida texnikum va oliy ta'lim muassasalariga hujjat topshirish mumkinmi?
- bir vaqtning o'zida texnikum va oliy ta'lim muassasalariga hujjat topshirish mumkin;
- bir vaqtning o'zida texnikum va kollejga hujjat topshirish mumkin emas;
- bir vaqtning o'zida 2 va undan ortiq texnikumga yoki kollejga hujjat topshirish mumkin emas.
Texnikumga va oliy ta'lim muassasasiga talabalikka qabul qilindim, 2 ta'lim muassasasida o'qish imkoniyati beriladimi?
- ber vaqtda 2 ta'lim muassasasida o'qish imkoniyati yo'q, o'qish uchun xoxlagan bir muassasani tanlash zarur.
Tibbiyot texnikumiga o'qishga kirish qanday amalga oshiriladi?
- abiturientlar soni qabul kvotasidan oshganda davlat test markazi tomonidan test sinovlari asosida talabalikka tayinlanadilar.
Tibbiyot kollejidan tibbiyot texnikumiga o'qishni ko'chirish imkoniyati bormi?
- yoq.
O'quvchilar safidan chetlashtirilganlar keyingi yillarda shu kursdan o'qishni qayta tiklashi mumkinmi?
- yoq, belgilangan tartibda texnikumga hujjat topshirib, DTM test sinovlarida qatnashib, 1-kursga qabul qilinish mumkin.
Texnikumga o'qishga kirish uchun hujjat qanday topshiriladi?
- hujjat DTM tomonidan belgilangan sanalarda my.dtm.uz saytiga onlayn tarzda topshiriladi.
Hujjat topshirish uchun qanday hujjatlar zarur?
- fuqarolik pasporti;
- 11-sinf attestati yoki litsey yoki kollej diplomi;
- ishlab turgan shaxsiy telefon raqami.
Ctrl
Enter
Xatoligni aqniqladingizmi?
Matnni belgilang va Ctrl+Enter tugmalarini bosing.
Hamda bularni ko'ring
Texnikum tarixi26-03-2023, 13:01
Yo'nalishlar va kafedralar18-03-2022, 13:14
O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 07.08.2020 yildagi 466-son qarori28-03-2023, 14:04
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 11-noyabrdagi 715-son qaroriga ILOVA29-03-2023, 17:27
715-sonli qabul nizomi29-03-2023, 16:17