O‘zbekiston gimnastikachilari Jahon kubogi bosqichini 10 ta medal bilan yakunladi
Toshkentda o‘tkazilgan badiiy gimnastika bo‘yicha Jahon kubogida O‘zbekiston terma jamoasi 2 oltin, 5 kumush va 3 bronza medalini qo‘lga kiritdi. Yakkalik mashqlarda Taxmina Ikromova Olimpiada chempionini yengib, birinchi o‘rinni egalladi, guruh mashqlarida o‘zbekistonlik gimnastikachilar ikkinchi o‘rindan joy oldi.

Yakkalik bahslarda Taxmina Ikromova halqa bilan mashq bajarishda oltin medalni qo‘lga kiritdi. Shuningdek, u to‘p va tasma mashqlarida uchta kumush, bulava bilan esa bronza medalini qo‘lga kiritdi.
Anastasiya Saranseva jamoa hisobiga ikkita kumush (halqa va bulava) va bitta bronza medalni (to‘p) qo‘shib qo‘ydi.
Ko‘pkurash mashqlarida Evelina Atalyans, Maftuna Zairova, Adela Fayzulina, Mumtozabonu Isxoqzoda, Amaliya Mamedova va Irodaxon Sodiqovadan iborat jamoa kumush, finalda 3 ta to‘p va 2 ta halqa bilan mashq bajarishda bronza medaliga sazovor bo‘ldi.
Ctrl
Enter
Xatoligni aqniqladingizmi?
Matnni belgilang va Ctrl+Enter tugmalarini bosing.