Ishonch telefoni
Bosh sahifa » BOSH SAHIFA / Texnikum yangiliklari » OÇIQ AMALIY MAŞĞULOT

OÇIQ AMALIY MAŞĞULOT

17-11-2026, 12:11
17
2026-yil 17-noyabr kuni Urganç Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumida “Terapiyada hamşiralik işi” fanidan “Tibbiyot brigadasi hamşirasi” yönalişi 2-kurs 1-guruh talabalari iştirokida oçiq amaliy maşğulot taşkil etildi.
Maşğulot “Surunkali gepatit: kasallikning mohiyati, asosiy belgilari, turlari, keçişi, diagnostikasi, asoratlari, davolaş usullari, parhezning ahamiyati va profilaktikasi” mavzusiga bağişlandi. Oçiq dars “Terapiya” kafedrasi öqituvçilari N. Xojibayeva hamda N. Babajonovalar tomonidan olib borildi.
Maşğulot davomida surunkali gepatit kasalligining kelib çiqiş sabablari, rivojlaniş mexanizmlari, klinik belgilari, turlari va keçiş xususiyatlari atrofliça yoritildi. Şuningdek, kasallikni zamonaviy diagnostika usullari orqali aniqlaş, laborator tekşiruvlarning ahamiyati, yuzaga kelişi mumkin bölgan asoratlar, davolaş tamoyillari hamda bemorlar uçun tavsiya etiladigan parhez va töğri ovqatlaniş qoidalari haqida batafsil ma’lumot berildi.
Amaliy maşğulot jarayonida talabalar mavzu yuzasidan olgan nazariy bilimlarini amaliy topşiriqlar orqali namoyon etdilar. Jumladan, kasallik profilaktikasi, infeksion xavfsizlik qoidalariga rioya qiliş, bemorlarni töğri parvarişlaş hamda soğlom turmuş tarzini tarğib etiş borasidagi bilim va könikmalarini mustahkamladilar.
Oçiq maşğulot interfaol metodlar, savol-javoblar, amaliy topşiriqlar va mavzuga oid muhokamalar asosida taşkil etildi. Bu esa talabalarning mustaqil fikrlaşi, klinik vaziyatlarni tahlil qiliş qobiliyati hamda kelajakdagi kasbiy faoliyati uçun zarur bölgan kompetensiyalarini rivojlantirişga xizmat qildi.
Mazkur oçiq amaliy maşğulotdan közlangan asosiy maqsad — bölajak tibbiyot xodimlarining nazariy bilimlarini amaliy könikmalar bilan uyğunlaştiriş, ularda kasbiy mas’uliyat, tibbiy madaniyat va bemorlarga sifatli hamşiralik yordamini körsatiş malakalarini şakllantirişdan iborat.
Zero, bilimli, malakali va fidoyi hamşira — inson salomatligini asraş va muhofaza qiliş yölidagi eng muhim tayançlardan biridir!

Ctrl
Enter
Xatoligni aqniqladingizmi?
Matnni belgilang va Ctrl+Enter tugmalarini bosing.




ru en uz