Ishonch telefoni
Bosh sahifa » BOSH SAHIFA / Texnikum yangiliklari » ISTE’MOLÇILAR HUQUQLARINI HIMOYA QILIŞ BÖYIÇA HUQUQIY MASLAHATLAR AKSIYASI ÖTKAZILDI

ISTE’MOLÇILAR HUQUQLARINI HIMOYA QILIŞ BÖYIÇA HUQUQIY MASLAHATLAR AKSIYASI ÖTKAZILDI

10-11-2026, 16:56
42
2026-yil 10-noyabr kuni Urganç Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumida Özbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantiriş va iste’molçilar huquqlarini himoya qiliş qömitasining Xorazm viloyati hududiy boşqarmasi hamda “Yuksaliş” umummilliy harakati nodavlat notijorat taşkiloti hamkorligida “Iste’molçilar huquqlarini himoya qiliş” mavzusida huquqiy maslahatlar aksiyasi doirasida tarğibot tadbiri taşkil etildi.

Tadbir davomida Raqobat qömitasining Xorazm viloyati hududiy boşqarmasi mas’ul xodimi Tillabek Matyoqubov tomonidan talaba-yoşlarga “Iste’molçilarning huquqlarini himoya qiliş töğrisida”gi Qonunning mazmun-mohiyati, iste’molçilarning asosiy huquq va majburiyatlari hamda hududiy boşqarma tomonidan uşbu yönalişda amalga oşirilayotgan işlar haqida batafsil ma’lumot berildi.

Şuningdek, iste’molçilar huquqlarini himoya qilişda jamoatçilik nazoratini kuçaytiriş, aholining huquqiy savodxonligini oşiriş maqsadida Raqobat qömitasi tomonidan taşkil etilgan ÇALLENGE haqida ham tuşuntirişlar berildi. Talaba-yoşlarga mazkur bellaşuvda faol iştirok etiş yuzasidan tavsiyalar bildirildi.

 Tadbirning asosiy maqsadi — yoşlarning iste’molçi sifatidagi huquqiy bilimlarini oşiriş, öz huquqlarini biliş va himoya qiliş könikmalarini şakllantiriş hamda jamoatçilik faolligini kuçaytirişdan iborat.

Mazkur tadbir Xorazm teleradiokompaniyasi ijodiy guruhi tomonidan tasvirga olindi va yoritildi.
Ctrl
Enter
Xatoligni aqniqladingizmi?
Matnni belgilang va Ctrl+Enter tugmalarini bosing.




ru en uz