QATAG‘ON QURBONLARI XOTIRASI — MUQADDAS QADRIYAT!
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 4-noyabrdagi 691-son qarori bilan tasdiqlangan chora-tadbirlar dasturining 17-bandida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida Urganch Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumida qatag‘on qurbonlarining hayoti va faoliyatini o‘rganish, ularning xotirasini e’zozlash hamda tarixiy haqiqatni yosh avlodga yetkazishga qaratilgan ma’naviy-ma’rifiy ishlar olib borilmoqda.
Shu munosabat bilan texnikum o‘quvchi-yoshlari o‘rtasida qatag‘on qurbonlarining hayoti va faoliyatiga bag‘ishlangan ilmiy maqolalar va insholar tanlovi tashkil etildi.
Tanlovdan ko‘zlangan asosiy maqsad — yoshlarning xalqimiz tarixining murakkab va mashaqqatli davrlari haqidagi bilimlarini boyitish, mustabid tuzum davrida qatag‘onlarga uchragan yurtdoshlarimizning hayot yo‘lini chuqur o‘rganishga undash, shuningdek, ularda mustaqil fikrlash, ilmiy izlanish va o‘z fikrlarini yozma ravishda ifodalash ko‘nikmalarini rivojlantirishdan iborat.
Bunday tadbirlar o‘quvchi-yoshlarning tarixiy xotirasini mustahkamlash, milliy o‘zlikni anglash va ajdodlar merosiga hurmat ruhida tarbiyalashda muhim o‘rin tutadi.
Zero, tarixni bilish — kelajakni anglash, o‘tmish saboqlaridan xulosa chiqarish va millat xotirasini asrab-avaylash demakdir.

Ctrl
Enter
Xatoligni aqniqladingizmi?
Matnni belgilang va Ctrl+Enter tugmalarini bosing.