Ishonch telefoni

KONSERT DASTURI

20-10-2026, 16:23
25
2026-yil 20-oktabr kuni Urganch Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumi o‘quvchilarining Xorazm viloyati maqom ansambli tomonidan  tashkil etilgan “Xorazm navolari” nomli madaniy konsert dasturiga tashrifi tashkil etildi.
Tashrif davomida o‘quvchilar milliy maqom san’atimiz, xalqimizning boy musiqiy merosi hamda betakror milliy qadriyatlarimiz bilan yaqindan tanishdilar.
Mazkur madaniy tadbir yoshlarning ma’naviy dunyoqarashini kengaytirish, milliy san’atga bo‘lgan qiziqishini oshirish, ularda milliy qadriyatlarga hurmat va ajdodlar merosiga ehtirom tuyg‘ularini mustahkamlashga xizmat qildi.
Ctrl
Enter
Xatoligni aqniqladingizmi?
Matnni belgilang va Ctrl+Enter tugmalarini bosing.




ru en uz