Ishonch telefoni
Bosh sahifa » BOSH SAHIFA / Texnikum yangiliklari » “GLOBOGATE” XALQARO TA’LIM YO‘NALISHI BO‘YICHA KIRISH IMTIHONI O‘TKAZILDI

“GLOBOGATE” XALQARO TA’LIM YO‘NALISHI BO‘YICHA KIRISH IMTIHONI O‘TKAZILDI

18-09-2026, 12:03
32
2026-yil 18-sentabr kuni Urganch Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumida 2026–2027-o‘quv yili uchun “Globogate” xalqaro ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha kirish imtihoni bo‘lib o‘tdi.

Imtihon jarayonlari belgilangan tartibda, shaffoflik va xolislik tamoyillari asosida tashkil etildi. Jarayonning adolatli va shaffof o‘tishini ta’minlash maqsadida O'zbekiston Respublikadi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi migratsiya agentligining Xorazm viloyati filiali xodimlari, Xorazm viloyati kasbiy ta’lim boshqarmasi boshlig‘i O. Saidov, mas’ul nazoratchilar hamda Urganch davlat tibbiyot institutidan tashrif buyurgan ekspertlar ishtirok etdilar.

Imtihon davomida abituriyentlar o‘z bilim va salohiyatlarini namoyon etib, xalqaro ta’lim yo‘nalishida tahsil olish uchun o‘z imkoniyatlarini sinovdan o‘tkazdilar.
Ctrl
Enter
Xatoligni aqniqladingizmi?
Matnni belgilang va Ctrl+Enter tugmalarini bosing.




ru en uz