O‘quvchilar bilimini baholash mezonlari

O‘quvchilar bilimini baholash mezonlari
O‘quvchilarning bilimi quyidagi mezonlar asosida:
o‘quvchi mustaqil xulosa va qaror qabul qiladi, ijodiy fikrlay oladi, mustaqil mushohada yuritadi, olgan bilimini amalda qo‘llay oladi, fanning (mavzuning) mohiyatini tushunadi, biladi, ifodalay oladi, aytib beradi hamda fan (mavzu) bo‘yicha tasavvurga ega deb topilganda — 5 (a’lo) baho;
o‘quvchi mustaqil mushohada yuritadi, olgan bilimini amalda qo‘llay oladi, fanning (mavzuning) mohiyatni tushunadi, biladi, ifodalay oladi, aytib beradi hamda fan (mavzu) bo‘yicha tasavvurga ega deb topilganda — 4 (yaxshi) baho;
o‘quvchi olgan bilimini amalda qo‘llay oladi, fanning (mavzuning) mohiyatni tushunadi, biladi, ifodalay oladi, aytib beradi hamda fan (mavzu) bo‘yicha tasavvurga ega deb topilganda — 3 (qoniqarli) baho;
o‘quvchi fan dasturini o‘zlashtirmagan, fanning (mavzuning) mohiyatini tushunmaydi hamda fan (mavzu) bo‘yicha tasavvurga ega emas deb
topilganda — 2 (qoniqarsiz) baho bilan baholanadi.
Harf tizimida baholash | Ballarning raqamli ekvivalenti | Foiz ko‘rsatkichi | An'anaviy baholash |
A | 4,0 | 95-100 | 5 (A’lo |
A- | 3,67 | 90-94 | |
B+ | 3,33 | 85-89 |
4 (Yaxshi) |
B | 3,0 | 80-84 | |
B- | 2,67 | 75-79 | |
C+ | 2,33 | 70-74 | |
C | 2,0 | 65-69 | 3 (Qoniqarli) |
C- | 1,67 | 60-64 | |
D+ | 1,33 | 55-59 | 2 (Qoniqarsiz) |
|
|
|
|











