Yakuniy davlat attestatsiyasi – bilim va salohiyat sinovi
2026-yil 17-iyun kuni Urganch Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumida bitiruvchi bosqich talabalari uchun Yakuniy davlat attestatsiyasining nazariy imtihonlari yuqori saviyada tashkil etildi.Mazkur attestatsiya jarayonida kelgusida inson salomatligi va hayoti uchun mas’ul bo‘ladigan bo‘lajak o‘rta tibbiyot xodimlari ta’lim davomida egallagan nazariy bilimlari hamda kasbiy tayyorgarlik darajalarini namoyon etdilar. Imtihonlar amaldagi me’yoriy talablarga muvofiq, ochiqlik, shaffoflik va xolislik tamoyillari asosida o‘tkazildi.
Talabalar o‘qish davomida orttirgan bilim, ko‘nikma va malakalarini sinovdan o‘tkazib, o‘z kasbiga bo‘lgan mas’uliyat va fidoyiliklarini namoyish etdilar.
Yakuniy davlat attestatsiyasi bitiruvchilarning kasbiy kompetensiyalarini baholash, ularni mustaqil mehnat faoliyatiga tayyorlash hamda sog‘liqni saqlash tizimi uchun malakali mutaxassislarni yetishtirishda muhim bosqich hisoblanadi.Urganch Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumi jamoasi barcha bitiruvchilarga attestatsiya sinovlarida muvaffaqiyat va kelgusi kasbiy faoliyatlarida ulkan zafarlar tilaydi.
Ctrl
Enter
Xatoligni aqniqladingizmi?
Matnni belgilang va Ctrl+Enter tugmalarini bosing.
Hamda bularni ko'ring
Texnikumda bitiruvchilarga kasbiy fanlardan yakuniy davlat imtixonlari bo‘lib o‘tdi16-06-2025, 15:30
Yakuniy Davlat Attestatsiyasi21-06-2025, 10:31
OCHIQ MAHORAT DARSI29-04-2026, 20:00
2025-2026-o‘quv yili uchun QABUL9-06-2025, 09:48
BITIRUVCHILAR DAVLAT ATTESTATSIYASIDAN O'TKAZILMOQDA14-06-2023, 23:42











