Ishonch telefoni
Bosh sahifa » BOSH SAHIFA / Texnikum yangiliklari » Oʻzbekiston xalq shoirasi Zulfiya Isroilova tavalludining 111 yilligi munosabati bilan ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi

Oʻzbekiston xalq shoirasi Zulfiya Isroilova tavalludining 111 yilligi munosabati bilan ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi

3-03-2026, 13:18
19
Urganch Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumida  Oʻzbekiston xalq shoirasi Zulfiya Isroilova tavalludining 111 yilligi munosabati bilan ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi. Ushbu tadbir adabiyotga ehtirom, ayol qalbining nozikligi va ijodiy jasoratni ulug‘lashga bag‘ishlandi.

Tadbir davomida talabalar atoqli o‘zbek shoirasi Zulfiyaxonimning hayoti va sermazmun ijod yo‘li haqida badiiy chiqishlar qildilar. Uning she’rlari o‘qilib, sahna ko‘rinishlari orqali shoiraning hayot falsafasi, vatanparvarlik va muhabbatga yo‘g‘rilgan kechinmalari ishtirokchilarga yetkazildi. Milliy raqslar esa tadbirga yanada ko‘rk bag‘ishladi.
Ctrl
Enter
Xatoligni aqniqladingizmi?
Matnni belgilang va Ctrl+Enter tugmalarini bosing.




ru en uz