Ishonch telefoni
Bosh sahifa » BOSH SAHIFA / Texnikum yangiliklari » BITIRUVCHI - 2025

BITIRUVCHI - 2025

9-07-2025, 09:33
69
2025-yil 8-iyul kuni Urganch Abu Ali Ibn Sino nomidagi  Jamoat salomatligi texnikumida bitiruvchilarga tantanali diplom topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi. Ta’lim muassasasi direktori M.M.Axmedova   bitiruvchilarni samimiy tabrikladi, yoshlarga kеlgusi faoliyatlarida ulkan muvaffaqiyatlar tilab, o‘z sohasining yеtuk mutaxassisi bo‘lishlariga ishonch bildirdi. Bayramona kayfiyat, ko‘tarinki ruh va samimiy tuyg‘ular bilan o‘tgan ushbu tantanali tadbirda bitiruvchilar bilan birga ularning ota-onalari ham ishtirok etishdi. Ular mening farzandim o‘zining bilimi, intilishi va kasb egallashga qiziqishi tufayli bugun mutaxassisligi bo‘yicha diplom oldi deb faxrlanib  ta’lim muassasasi  o‘qituvchilarga o‘z minnatdorchiliklarini bildiririshdi. Tadbir yakunida qalbida vatanparvarlik tuyg’ulari jo‘sh urgan, qalbi iftixorga to‘lgan, bugun men nimalarga erishdim va ertaga meni nimalar kutmoqda degan o ‘y-xayollar og‘ushida turgan bitiruvchilar dil izhorlarini bayon qilishdi.                                    
Bitiruv marosimida a’lo xulqi, o‘qishlaridagi muvaffaqiyatlari, odob-axloqi va bilim egallashdagi alohida yutuqlari bilan tengdoshlariga o‘rnak bo‘lgan o‘quvchilarga va ularning ota-onalariga tashakkurnomalar taqdim etildi.
Ko‘tarinki ruhda bo‘lib o‘tgan ushbu tadbirda o‘quvchilar va ijodkor  yoshlar tomonidan kuy-qo‘shiqlar ijro etildi.

Ctrl
Enter
Xatoligni aqniqladingizmi?
Matnni belgilang va Ctrl+Enter tugmalarini bosing.




ru en uz